iks
ads

Flik "Barselona"ning "Levante"ga qarshi o'yiniga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2025 09:48
  • 66
  • 30

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida "Levante" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

Birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan kataloniyaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

"O'yinimiz mukammal bo'lmadi, lekin tan olishimiz kerakki, "Levante" yaxshi o'ynadi. G'alaba oson bo'lmadi, chunki raqib juda chuqur himoyalanadi, bu esa o'yinni yanada qiyinlashtirdi.

Biz hujum qilishni davom ettirdik va g'alabaga erisha oldik. Bunday o'yinlar o'sishga yordam beradi.

Ikkinchi bo'limda bizga o'zgarishlar kerak edi, shuning uchun Rafinya maydonga tushdi. Bu bizga kerak bo'lgan o'zgarish deb qaror qildik va bu o'zini oqladi", - dedi murabbiy.

Ўхшаш янгиликлар