MLS muntazam chempionatida "Vankuver" o‘z maydonida "Sent-Luis"ga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, "Vankuver" safidagi gollardan biriga germaniyalik yulduz Tomas Myuller mualliflik qildi. "Bavariya"ning sobiq futbolchisi qo‘shib berilgan daqiqalarda 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu Myullerning MLSdagi ilk goli bo‘ldi.
"Vankuver" 49 ochko bilan G‘arbiy konferensiya turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.