Turk klubi 19 yoshli futbolchini 1 yilga ijaraga olmoqchi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq muammolar va yosh futbolchining o'ziga qaraganda Istanbulda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini inobatga olib, bunday o'zgarishlarga qarshi emasligini malum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Barji 14 iyul kuni "Barselona"ga ko'chib o'tgandi. Kataloniya klubi vinger uchun "Kopengagen"ga 2,5 million evro to'lashgandi.