London klubi avgust oyi boshida 20 yoshli yarim himoyachi uchun 40 million evro taklif qilgani malum bo'ldi, ammo "Komo" futbolchini sotishdan bosh tortdi - u 70 mln evroga baholanmoqda.
Janluka Di Marcioning malum qilishicha, Jeyms Meddisonning jarohatidan so'ng "shporlar" Pasning nomzodiga qaytgan. Ular yangi taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdalar, bu kattaroq summani ko'zda tutadi.
Argentinalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.