iks
ads

Nematillo Qutibaev: "To'g'risini aytaman, "FarDU" bizga nisbatan yaxshiroq o'ynadi"

  • Mr.NoBoDy 27.08.2025 13:48
  • 48
  • 30

Proliga 13-turidan o'rin olgan "Aral" - "FarDU" (2:0) uchrashuvidan so'ng "Aral" jamoasi bosh murabbiyi Nematillo Qutibaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Juda og'ir bahsni o'tkazdk. To'g'risini aytsam, "FarDU" bizga nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Ularda ko'p imkoniyat bo'ldi, biz esa ayniqsa o'rtada bir necha bor to'p yo'qotdik. Agar yuqori natijani o'ylasak, bunday o'ynamasligimiz kerak bo'ladi.


- Raqibning avvalgi va hozirgi o'yinini qanday baholaysiz?

- Mavsumning ikkinchi yarmidagi "FarDU" birinchi davradagi jamoadan farq qilishi ko'rinib turibdi. Avvalgi ikkita bahs bizning nazoratimiz ostida kechgandi. Endi bo'lsa ustunlik "FarDU" tomonga o'tgandek. Bizga omad kulib boqdi deb o'ylayman.


- Salamat Qutibaev bilan Izzatulla Qutibaev erta almashtirildi. Bu nima bilan bog'liq?

- Salamat sariq kartochka oldi va o'yindan kelib chiqib uni almashtirdik. Izzatulla esa biroz charchab qoldi.


- Keyingi uchrashuv 20 kundan so'ng bo'ladi. Bu borada nima deya olasiz?

- Bu haqda hamma murabbiylar gapiryapti. Taqvim shunday ekan, ilojimiz yo'q. Jamoani 14 sentyabr kuni bo'ladigan "Olimpik" bilan o'yinga tayyorlaymiz.


Ўхшаш янгиликлар