iks
ads

Mourinyu "Fenerbaxche" rahbariyatini tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 27.08.2025 15:08
  • 162
  • 30

Joze Mourinyuga "Fenerbaxche" transfer oynasida faol bo'lmagani yoqmadi.

"Agar Chempionlar ligasi mening klubim uchun juda muhim bo'lganida, u bizning "Feyenoord" va "Benfika" bilan o'yinlarimiz orasida biror narsa qilgan bo'lardi. Biz "Benfika" bilan "Feyenoord"ga qarshi bahsdagi tarkib bilan o'ynaymiz.

Fikrimcha, klub bu o'yinlar oldidan jamoani kuchaytirmadi", – dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Sport TV efirida.

Eslatib o'tamiz, Turkiyada kechgan "Fenerbaxche" - "Benfika" bahsida hisob ochilmagan edi. Bugun tunda ushbu jamoalar o'rtasida javob o'yini bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар