– O'yin haqida fikringiz...
– Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba qozonishimiz muhim edi. Bugungi maqsadimiz aynan shu edi. Endi bir necha kun dam olib, keyin mashg'ulotlarga qaytishimiz va Superligaga diqqatimizni qaratishimiz lozim.
– Ikkita gol urganingizga qaramay, faqat bir taym o'ynaganingizdan xafa bo'lmadingizmi?
– Yo'q, bu normal holat. O'yin allaqachon 3:0 hisobida edi. Ozgina noqulaylik his qilayotgandim, shuning uchun murabbiy meni almashtirishni maqul ko'rdi.