iks
ads

"Manchester Yunayted" forvardi Kunya jarohati sabab Braziliya terma jamoasi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 31.08.2025 08:44
  • 202
  • 30

"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya Braziliya terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘inini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lmoqda.

26 yoshli futbolchi APLning shanba kungi "Byornli"ga qarshi o‘yinida mushaklaridagi jarohat tufayli 31-daqiqada zaxiraga olindi. "Qizil iblislar" va "selesao" shifokorlari maslahatlashib, futbolchi terma jamoalar o‘yinlari uchun xalqaro tanaffus paytida Angliyada qolgani ma’qul degan xulosaga keldi, deb xabar beradi UtdDistrict. Shu tariqa, forvard 5 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralashida Chili va Boliviya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda "pentakampeonlar"ga yordam bermaydi.

Ma’lumot uchun, Mateus Kunya joriy mavsum starti oldidan "Vulverxempton"dan "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati 74 mln yevroni tashkil etgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar