31 avgust kuni "Liverpul"ning "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasi London klubining 2012 yil 2 sentyabrdan beri "Enfild"da g'alaba qozona olmaganini va bu seriya kamida 14 yil davom etishini bildiradi (ushbu stadiondagi keyingi o'yinga qadar). "Kanonirlar" shuncha vaqtda bu stadionda 8 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va 8 ta durang qayd etdi.
Kechagi o'yin ikkala jamoaning so'nggi yillarda shaxsiy uchrashuvlarda ko'rsatayotgan yuqori ko'rsatkichlari to'xtatgani bilan ham etiborga molik bo'ldi. Deylik, o'tgan mavsumda ikkala o'yin ham jangovar – 2:2 hisobida yakunlangandi.
APL. 3-tur
"Liverpul" – "Arsenal" 1:0
Gol: Soboslai 83'