iks
ads

"Betis" Antonining transferini hal qildi - Here We Go!

  • Mr.NoBoDy 01.09.2025 14:24
  • 259
  • 30

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik vingeri Antoni yozgi transfer oynasida Ispaniyaning "Betis" klubiga o'tadi.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Ispaniya klubi nihoyat "qizil iblislar" bilan 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida kelishib olgan. "Betis" Antoni uchun taxminan 25 million evro to'laydi. Shuningdek, Manchester jamoasi futbolchining keyingi sotuvidan 50 foiz ulush oladi.

Antoni yaqin soatlarda Sevilyaga keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, braziliyalik o'tgan mavsum ijara asosida aynan "Betis"da o'ynagan va shu jamoada qolishni xohlayotgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar