iks
ads

David Rayya: "Yangi to'plar eskisidan farq qiladi"

  • Mr.NoBoDy 01.09.2025 00:56
  • 542
  • 30

"Arsenal" posboni David Rayya APLda "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

Uchrashuvda kiritilgan yagona gol 83-daqiqada Dominik Soboslai tomonidan jarimadan kiritildi.

"Hozircha golni takroran ko'rganim yo'q. Istalgan o'tkazib yuborilgan gol qatori bu to'pning kirib ketganidan afsusdaman. Zarba juda zo'r bo'ldi. To'p menga kelguncha yo'nalishini juda ko'p o'zgartirdi va mendan qochdi. Umid qilamanki, keyingi safar to'pni qaytara olaman.

Bu zo'r zarba edi, ayniqsa yangi to'p bilan... Biz hali ham bu to'pga moslashishimiz kerak. To'pning yo'nalishi o'zgargani uchun holatni baholash qiyin bo'ldi.

"Puma" to'plari "Nike"dan ajralib turadi. Bu to'plar qo'lga tushganda yoki zarbani qaytarganda ham boshqacha his qilaman. Biz uzoq yillar "Nike" to'plarida o'ynadik, bu barcha uchun bir xil bo'lib qolgan bo'lishi kerak.

Oldinga intilishga harakat qildik. "Liverpul"ni himoyada ushlay oldik. Bu o'yindan ijobiy holatlarni chiqarib olish kerak. Biz kuchli oltilikdagi jamoalarga ko'p ham mag'lub bo'lmayapmiz. Hali bir qancha jihatlarda oldinga ko'plab qadamlar tashlashimiz kerak. Doimo o'rganishda davom etishimiz lozim", - dedi "Arsenal" kiperi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar