iks
ads

Shotlandiya klubi Qozog'iston terma jamoasining ikki futbolchisini kuzatmoqda

  • Mr.NoBoDy 01.09.2025 12:08
  • 464
  • 30

Islam Chesnokov va Galimjan Kenjebek "Xarts"ning diqqat markazida.

"Xarts" skautlari qozog'istonlik vingerlarning Uels va Belgiyaga qarshi bo'lajak o'yinlaridagi harakatlarini tahlil qiladi, deb xabar berdi "AS News".

Islam Chesnokov (suratda) va Galimjan Kenjebek Shotlandiya klubining diqqat markazida. "Tobol"ning 25 yoshli etakchisi transferi deyarli hal bo'lgan va qishda o'tish kutilayotgan bo'lsa, "Elimay"ning 19 yoshli iqtidori nomzodi hali o'rganish bosqichida.

Edinburgdagilarning fikricha, kuchli terma jamoalar bilan o'yinlar ikkalasi uchun ham jiddiy sinovdir.

Ali Aliev shogirdlari 4 sentyabr kuni o'z uyida uelsliklarga qarshi maydonga tushsa, 7 sentyabr kuni mehmonda belgiyaliklarga qarshi bahs olib boradi. Har ikki o'yin JCH-2026 saralashi doirasida bo'lib o'tadi.

Malumot o'rnida, "Xarts" 4 turdan so'ng Shotlandiya Premershipida 1-o'rinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar