iks
ads

Igor Sergeev milliy jamoa tarixidagi to'purarlar orasida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi

  • Mr.NoBoDy 02.09.2025 22:16
  • 697
  • 30

Ahmedov va Shkvirin ortda qoldirildi.

CAFA Nations Cup ikkinchi turidan o'rin olgan Turkmanistonga qarshi bahsda Igor Sergeev dubl qayd etdi. Bu orqali Sergeev terma jamoadagi gollari sonini 23 taga etkazib oldi va O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi to'purarlar orasida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Qo'shnilarimizga qarshi qayd etilgan dubldan so'ng Odil Ahmedov (21 ta gol) va Igor Shkvirin (20 ta gol) ortda qoldirildi. Igor Sergeev ushbu natijaga erishish uchun 77 o'yinda maydonga tushdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Eldor Shomurodov hisoblanadi. Eldorning hisobida 82 ta o'yinda 42 ta gol bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar