iks
ads

Ravshan Haydarov U-23 Osiyo kubogi saralashi haqida: "Jamoamiz turnirga belgilangan reja asosida puxta tayyorgarlik ko'rdi"

  • Mr.NoBoDy 02.09.2025 23:08
  • 163
  • 30

2026-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqich “E” guruhi uchrashuvlari oldidan jamolalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

— Avvalo, saralash bosqichi ishtirokchilarini samimiy qutlayman. Ushbu turnir yuqori darajada tashkil etilishiga ishonaman. Umid qilamanki, o'yinlar tomoshabop o'tadi, g'alaba esa eng kuchli jamoaga nasib etadi.

Shuningdek, Qirg'iz Respublikasi futbol ittifoqiga yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildiraman. 

Jamoamiz turnirga belgilangan reja asosida puxta tayyorgarlik ko'rdi va musobaqaga jangovar hamda jismoniy jihatdan yaxshi holatda etib keldi.

Tarkib haqida

— Yoshlar terma jamoalaridagi davr futbolchilarimiz uchun milliy jamoaga o'tish bosqichi hisoblanadi. Bir qator futbolchilar allaqachon asosiy terma jamoa safida maydonga tushmoqda. Biz ularni yana U-23 jamoasiga jalb etmaslikka harakat qilamiz va buni to'g'ri yondashuv, deb hisoblayman. Chunki milliy jamoaga futbolchilarni etkazib berish oldimizdagi asosiy vazifalardan biri.

Shu bois biz yangiliklar yaratishga intilyapmiz. Yosh futbolchilar asta-sekin milliy terma jamoaga o'tish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Masalan, ilgari yoshlar safida o'ynagan Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaev bugun milliy terma jamoada o'z o'rniga ega. Bizning asosiy maqsadimiz ham shunday, istedodli yosh futbolchilarga imkoniyat yaratib berishdir.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar