MLS klublarining sobiq futbolchisi Alan Gordon Major League Journeyman'man podkastida "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi va "Sietl"dagi hamyurti Pedro de la Vega o‘rtasida Ligalar kubogi finalidan keyin mojaro kelib chiqqani haqida gapirdi.
"Messi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning yuziga: "Men terma jamoada ekanman, sen hech qachon milliy jamoada o‘ynamaysan," dedi," - deydi Gordon.
Liga kubogi finalida "Inter Mayami" "Sietl"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Final hushtagidan so‘ng futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi: Serxio Buskets raqibiga zarba berdi, Luis Suares esa "Sietl" xodimiga tupurdi.