iks
ads

Raxim Sterling “Chelsi”dan ketishdan bosh tortdi va asosiy jamoadan ajratildi

  • Mr.NoBoDy 04.09.2025 08:56
  • 115
  • 30

Sterling atrofidagi vaziyat jiddiy.

Londonning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Raxim Sterling yozgi transfer oynasi yakunlanishida Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar olgan bo'lsa-da, jamoani tark etishdan bosh tortdi. Bu haqda Times Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, shu qaroridan so'ng 30 yoshli angliyalik futbolchi yanvardagi transfer oynasigacha asosiy jamoadan alohida holda mashg'ulot olib boradi. Shuningdek, “Chelsi” Sterling bilan 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoq X (sobiq Twitter)da malum qilishicha, Sterling klubni almashtirishni istamayapti, chunki haftaning 300 ming funt (£) (taxminan 346 ming evro)lik maoshidan voz kechishga tayyor emas.

O'tgan mavsumda Sterling “Arsenal”da ijara asosida to'p tepdi va 28 uchrashuvda 1 ta gol, 5 ta golli pas qayd etdi. Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, futbolchining bozor bahosi 10 million evroga teng.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar