Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi. 30 yoshli francuz futbolchisi yangi jamoaga erkin agent sifatida qo'shildi va 2027 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumda Zuma Saudiya Arabistonining "Al-Oruba" klubida ijara asosida to'p tepgan. Uning "Chelsi"dan "Vest Xem"ga o'tishi 2021 yil yozida 35 million evroga amalga oshgan edi.
Zuma shuningdek, “Everton”, “Stok Siti” va Franciyaning “Sent-Eten” klublarida ham harakat qilgan. U Franciya terma jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazgan.