iks
ads

Islom Ismoilov: "Shogirdlarim raqib kim ekanligiga qaramay hujumkor o'yin ko'rsatishga intilishdi"

  • Mr.NoBoDy 04.09.2025 10:56
  • 531
  • 30

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni Ispaniyada davom ettirmoqda.

Vakillarimiz kecha mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Angliyalik o'smirlar raqiblik qilgan bahsda terma jamoamiz 1:3 hisobida engildi. Ushbu o'yin xulosalari bo'yicha O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Bu o'yin biz uchun yaxshi tajriba bo'ldi. Angliya har qanday yosh toifasida doim  dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Ular pressing, tezlik va to'p bilan ishlashda bizga nisbatan yaxshiroq harakat qilishdi. Shunga qaramay, futbolchilarim oxirgi daqiqagacha kurashishdi. Ayrim vaziyatlarda  yaxshi kombinaciyalar, to'p nazorati va hujumga o'tishlarda ijobiy jihatlarimizni ham ko'rdik. Albatta, xatolarimiz ham bo'ldi, ayniqsa pressingdan chiqishda va himoya chizig'ida. Bunday darajadagi jamoalarga qarshi kichik xato ham katta oqibatga olib keladi. Umuman olganda men futbolchilarim ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Eng asosiysi ular raqib kim ekanligiga qaramasdan hujumkor futbol o'ynashga harakat qilishdi",- deydi Islom Ismoilov. 


Malumot uchun, o'smirlarimiz navbatdagi uchrashuvini 6 sentyabr kuni Kanadaga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar