37 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma 2026 yilning oxirigacha amal qiladi va uni yana 1 mavsumga uzaytirish mumkin.
Villianning so'nggi klubi Angliyaning "Fulxem"i bo'lib, u yozda shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoani tark etgan. Bungacha braziliyalik futbolchi "Shaxtyor", "Anji", "Chelsi", "Arsenal", "Olimpiakos va "Korintians" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Villian ikki marta Angliya chempioni bo'lgan, ikki marta Evropa Ligasida g'olib chiqqan, bir marta Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogi sohibiga aylangan. Braziliya terma jamoasi tarkibida Amerika Kubogini qo'lga kiritgan.