iks
ads

MTJ darvozabonlar murabbiyi: "Kapadzening shartnomasini bilmayman, ammo murabbiylar shtabining shartnomasi JCH-2026 yakuniga qadar amal qiladi"

  • Mr.NoBoDy 09.09.2025 16:24
  • 121
  • 30

MTJ darvozabonlar murabbiyi Nixad Pejkovich Eronga qarshi final bahsidan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Chempionlik bilan tabriklayman. Final va CAFA musobaqasi haqidagi fikringiz...

Musobaqa juda qiyin kechdi. Zich taqvim bizga qiyinchilik tug'dirdi, ammo yakunda biz g'olib bo'ldik va barchasi unutildi.

- O'tkir Yusupovning jarohati haqida aytib o'tsangiz...

- Menimcha, u mushaklarini tortib oldi.

- So'nggi vaqtlarda O'FA MTJga xorijlik murabbiyni jalb etish maqsadida degan ko'plab xabarlar tarqaldi. Timur Kapadze matbuot anjumanlaridan birida shartnomam noyabr oyiga qadar amal qiladi degan di. Murabbiylar shtabining, yani sizlarning shartnomangiz ham noyabrda tugaydimi?

- Kapadzening shartnomasi qanday ekanligini bilmadim, ammo murabbiylar shtabining shartnomasi JCH-2026 yakuniga qadar amal qiladi. Yangi murabbiy haqida fikr bildiradigan inson emasman, buni rahbariyatdan so'rashingiz kerak.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar