"Selesao" Janubiy Amerikadagi JCH-2026 saralash bosqichida 18ta o'yinda 28 ochko to'pladi (51% – 10ta jamoa formatidagi oltita saralash turnirida ular uchun antirekord) va final bosqichiga chiqdi.
Bunga qadar Braziliyaning eng yomon natijasi JCH-2002 saralashidagi uchinchi o'rin bo'lib, o'sha turnirda ular bosh sovrinni boshi uzra ko'tarishgan edi.
Pentakampionlar to'rt marta saralash turnirlarida birinchi o'rinlarni egallagan (JCH-2006, JCH-2010, JCH-2018, JCH-2022).
Braziliya JCH-1998 saralashida amaldagi chempion sifatida va JCH-2014 saralashida turnir mezboni sifatida ishtirok etmagan.
JCH-2026 saralashi jarayonida jamoani Fernando Diniz va Dorival Junior boshqargan, bu yilning may oyida esa "selesao" bosh murabbiyligiga Karlo Anchelotti tayinlangan edi.