iks
ads

Superliga. "Nasaf" "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 10.09.2025 20:56
  • 509
  • 30

"Nasaf" hamda "Buxoro" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 21-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Nasaf" — "Buxoro" 5:0 (TUGADI)

10.09.2025, 19:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzakov

Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Abdurashid Xo'dayberganov

AVAR hakami: Alisher Usmonov

Gol: Husayn Norchaev (Umar Eshmurodov) 13 1:0, Yusuf Otubanjo (Husayn Norchaev) 24, 2:0, Sharof Muhitdinov 29, 3:0, Yusuf Otubanjo (Husayn Norchaev) 31, 4:0, Dragan Cheran (Javohir Sidiqov) 47, 5:0

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 6.Murodbek Rahmatov (71.Javohir Ubaydullaev, 83), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchaev (17.Suhrob Nurulloev, 59), 19.Stefan Cholovich (9.Javohir Sidiqov, 46), 20.Yusuf Otubanjo (77.Oybek Bozorov,59), 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 92.Umarbek Eshmurodov (5.G'olib G'aybullaev,59)

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov,  7.Adenis Shala,  55.Diyorbek Abdunazarov, 

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 6.Ravshan Xayrullaev (25.Frane Chiryak, 33), 10.Azizbek Amonov, 17.Javohir Ro'ziev, 19.Bilol Tupliev (8.Anvarjon Jo'raev, 69), 22.Toma Tabatadze (88.Dominik Begich,69), 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosip Tomashevich (11.Ibrohim No'monov, 46), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shohboz Jo'rabekov.

Zaxira: 31.Mardonjon Meliev, 4.Javohir Otamurodov, 5.Sardor Qulmatov, 7.Muhammadsafo Fozilov,   95.Nodirbek Ahmadjonov.

Ogohlantirish: Frane Ikich ("Buxoro") 27, Husayn Norchaev ("Nasaf") 58, Shahboz Jo'rabekov ("Buxoro") 76, Ibrohim No'monov ("Buxoro") 80



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sidiqovning zarbasi xavfli chiqdi.

83. O'ZGARISH. "Nasaf", Murodbek Rahmatov o'rniga Javohir Ubaydullaev tushdi.

83. ZARBA. Nasrullaevning zarbasini Abdullaev qytardi.

82. O'ZGARISH. "Buxoro", Aziz Amonov o'rniga Nodirbek Ahmadjonov tushdi.

80. OGOHLANTIRISH. "Buxoro", Ibrohim No'monov

76. OGOHLANTIRISH. "Buxoro", Shahboz Jo'rabekov 

69. O'ZGARISH. "Buxoro", Toma Tabatadze o'rniga Dominik Begich, Bilol Tupliev o'rniga Anvarjon Jo'raev tushdi.

62. Toma Tabatadzening erlatib yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

59. O'ZGARISH. "Nasaf", Yusuf Otubanjo o'rniga Oybek Bozorov, Husayn Norchaev o'rniga Suhrob Nurulloev, Umar Eshmurodov o'rniga G'olib G'aybullaev tushdi. 

58. OGOHLANTIRISH. Husayn Norchaev, "Nasaf"

54. O'yin asosan "Buxoro" maydonida kechmoqda.

47. GOL. "Nasaf" yana gol urdi. Sidiqov Cheranni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi, u esa imkoniyatdan unumli foydalandi

46. O'ZGARISH. "Nasaf", Stefan Cholovich o'rniga Javohir Sidiqov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

37. "Buxoro"ga tanaffus zarur. Jamoaning harakatlari o'xshamayapti.

31. GOL. "Nasaf" gol urishdan to'xtamayapti. Yusuf Otubanjo dubl muallifiga aylandi, 4:0

29. GOL. "Nasaf" yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov jarima zarbasini aniq ijro etdi va tablodagi raqamni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. 

27. OGOHLANTIRISH. Frane Ichik

24. GOL. "Nasaf"ning ikkinchi davrada olgan yangi futbolchisi Yusuf Otubanjo markazdan kirib borib Shirinboy Abdullaev darvozasini ishg'ol qildi, 2:0

17. Nasrullaevning raqib jarima maydonchasi ichiga bergan uzatmasini Shirinboy Abdullaev qaytardi. To'p Jo'rabekovga tegib darvozaga borayotgandi.

15. Norchaevning goli inobatga olindi.

15. Bosh hakam VAR monitori oldiga bordi. 

13. GOL. Husayn Norchaev hisobni ochdi. Lekin qanot hakami o'yindan tashqari holat qayd etdi. Eshmurodovda o'yindan tashqari holat bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni ko'rmoqda.

12. ZARBA. Amonovning Nematov darvozasi tomon yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq ko'rinish oldi.

5. To'p nazoratidagi ustunlik "Nasaf" jamoasida. Karpenko shogirdlari tartibli himoyalanmoqda.

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Ўхшаш янгиликлар