iks
ads

Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari boshlanmoqda

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 12:00
  • 113
  • 30

Er kurrasining eng katta qitasi – Osiyoda katta futzal karvoni yo'lga chiqmoqda.

20-24-sentyabr kunlari qitamizning 31 ta terma jamoasi Osiyo kubogi-2026 saralash bahslaridagi o'z yurishlarini boshlashadi. Quraga ko'ra jamoalar 8 ta guruhga taqsimlangan. 7 ta guruhda 4 tadan, bitta guruhdan esa 3 ta jamoa o'rin olgan.


O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddatda Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan "F" guruhi saralash o'yinlarida ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz Qirg'iziston, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Guruhlar tarkibi yuqoridagi suratlarda o'z aksini topgan.


Nodir Eliboev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 20-sentyabr sanasida Falastin terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 22-sentyabrda esa Sharqiy Timor terma jamoasiga qarshi bahsda parketga chiqishdi. Va nihoyat guruhdagi so'nggi tur musobaqa mezbonlari – Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi 24-sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Musobaqa Reglamentiga binoan guruhlarda birinchi o'rinni egallagan jamoalar Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi final raundi ishtirokchisiga aylanishadi. Shuningdek, guruhlarda ikkinchi o'rinni egallagan – eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan etti jamoaga ham Osiyo kubogi yo'llanmasi nasib etadi. Mazkur 15 jamoaga saralash o'yinlaridan ozod etilgan mezbonlar — Indoneziya futzalchilari qo'shilishadi. 


Osiyo kubogi-2026 final bosqichi 2026-yilning 27-yanvaridan 7-fevraliga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar