iks
ads

Farg‘ona futbol akademiyasi va futbol maktabi uchun yangi maydonlar barpo etiladi

  • Mr.NoBoDy 17.09.2025 12:05
  • 192
  • 30

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Farg‘ona viloyatida bo‘lib, futbol borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari bilan tanishdi. Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov bilan birgalikda futbol infratuzilmasi, barcha yoshdagi jamoalarga yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish xonalari, murabbiylar ta‘limi borasidagi ishlar o‘rganildi. Viloyat futbol akademiyasi, futbol maktablari faoliyati va samaradorligi tahlil qilindi, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Ularga O‘FA tomonidan futbol to‘plari taqdim etildi. Bolalar va o‘smirlar futboli ommaviyligi va qamrovini yanada kengaytirish maqsadida O‘FA hamda Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda barpo etiladigan uchta yangi maydon loyihasi bilan tanishildi.

 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar