Madrid klubi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-turida g'alaba qozondi (2:1). "Real"ning ikkala goli penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta jarimani golga aylantirdi.
Ikkinchi 11 metrlik jarima to'pi 79-daqiqada Fakundo Medinning qo'liga to'p tegib ketgani uchun belgilandi, u "podkat"da Vinisiusdan to'pni olishga uringan edi.
"Men bu erda penalti ko'rmayapman. U "podkat" tashladi, to'p qo'liga tegdi – bunday holatlarda hushtak chalinmaydi. Agar hakam [Karvaxalga] qizil kartochka berib, buni qoplash uchun penalti belgilagan bo'lsa, unda qizil kartochka ko'rsatishning keragi yo'q edi.
Hakam nega penalti belgilaganini tushunish uchun uning faktlarini eshitmoqchiman", – dedi "Marsel" va "Man Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Canal+ efirida.