Slotning BBC'ga aytishicha, Isak "matraschilar"ga qarshi o'yinda yaxshi o'ynagan va formada ekanligini ko'rsatgan.
"Uni tomosha qilish qiziq edi, lekin muxlislar hozircha undan ko'p narsa kutishmasa kerak. Biz hozir haftada uchta o'yin o'tkazmoqdamiz va bu Isak uchun ham og'irlik qiladi", – deya qo'shimcha qildi Slot.
Isak "Atletiko"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda tushdi va "Liverpul" 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Shveciyalik Mersisayd klubiga shu yozda "Nyukasl"dan kelib qo'shilgandi.