iks
ads

Azizbek To'lqinbekov: "Jahon chempionatigacha ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz ko'p"

  • Mr.NoBoDy 12.10.2025 21:16
  • 468
  • 30

O'zbekiston U-18 terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek To'lqinbekov Ozarbayjon bilan kechgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi (3:1).

"O'yin yaxshi o'tdi. Xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Umuman olganda yaxshi taassurotlar qoldi, o'zimiz uchun tajriba to'pladik. 

Birinchi bo'limda o'yinni bo'shashgan holda boshladik. O'tgan bahsda ko'p hujum uyushtirganimiz uchun bo'lsa kerak. Ikkinchi bo'limda o'zimizni yig'ib oldik. Bu ustunlik berdi. 

Jahon chempionatigacha ishlash kerak bo'lgan narsalar bor. Mundialda maksimum natija qilish va chempion bo'lishni istaymiz", - deydi Azizbek To'lqinbekov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar