iks
ads

Rustambek Fomin: "Bu termada o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Shu sababdan bo'lsa kerak, pastroq temp kuzatildi"

  • Mr.NoBoDy 12.10.2025 21:56
  • 164
  • 30

O'zbekiston U20 termasi futbolchisi Rustambek Fomin Qozog'iston U21 termasiga qarshi o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

- Qozog'iston yaxshi jamoa, baribir ular Evropada o'ynashadi. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Alohida topshiriqlar bo'ldi. Har bitta o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Jamoa bunga qadar Farhod Nishonov qo'l ostida o'ynar edi. Ravshan Haydarovga moslashish qanday kechmoqda?

- Ikkala murabbiyda ham asosiy topshiriq to'pni ushlab turish bo'ladi. Tepib yuborish emas, haqiqiy futbol o'ynash. Murabbiylar bizga doimo shunday vazifalar bergan.

- Bugungi o'yindan kelib chiqsak, temp pastroq bo'lgandek. Bu nima bilan bog'liq?

- Bizda jamoa endi yig'ildi. Tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. Bu jamoaga ko'proq o'yin kerak. Shu sababdan bo'lsa kerak, pastroq temp kuzatildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar