"Fiorentina" de Xeani saqlab qolish uchun uning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi

  • Mr.NoBoDy 08.04.2025 23:16
  • 177
  • 30

Italiyaning "Fiorentina" jamoasi darvozabon David de Xea bilan shartnomani uzaytirish to'g'risida qaror qabul qildi.

Calciomercato nashrining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining shartnomasida uni bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud bo'lib, Florensiya klubi bunga amal qilishga qaror qilgan.

Malumot uchun, David de Xea 2023 yilning yozida "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. Bir yil futboldan chetda bo'lgach, David"Fiorentina" bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi. Manba malumotlariga ko'ra, de Xeaning maoshi Italiya klubi bilan shartnomasi uzaytirilgandan so'ng ikki barobarga oshadi. Hozirda uning yillik maoshi 2 million evroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda David de Xea "Fiorentina" safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda ishtirok etdi. Darvozabon shu payt mobaynida 10 ta "quruq" o'yin o'tkazib, 34 ta gol o'tkazib yubordi.

Ўхшаш янгиликлар