iks
ads

Konate "Liverpul" bilan yangi shartnomasi haqida: "Bu murakkab jarayon, biz hamma narsani ayta olmaymiz"

  • Mr.NoBoDy 17.11.2025 18:32
  • 323
  • 30

"Liverpul"ning franciyalik himoyachisi Ibraima Konate klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar haqida gapirdi.

"Bu murakkab jarayon, biz hamma narsani ayta olmaymiz, chunki ommaviy axborot vositalarida ko'p narsa chiqib bo'lgan. O'qigan bazi narsalarim meni... o-lya-lya deb o'ylashga majbur qiladi. Bu meni barcha tafsilotlarni bilmaydigan "Liverpul" muxlislari oldida qiyin ahvolga solib qo'yadi", – dedi Konate.

Konatening "Liverpul" bilan bitimi 2026 yil yozida tugaydi. U 2021 yil yozidan beri jamoada. Bungacha u "Leypcig"da o'ynagan.

Konate 2025/26 yilgi mavsum APLda 11 o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar