iks
ads

Islom Ismoilov: "Italiya - nafaqat Evropaning, balki mundialning eng kuchli jamoalaridan biri"

  • Mr.NoBoDy 17.11.2025 19:32
  • 292
  • 30

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov JCH nimchorak finalidan o'rin olgan Italiya bilan o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

- Italiyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Barcha o'yinlarga yondashganimizdek, Italiya bilan o'yinga ham yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Jamoada kayfiyat alo darajada. Xudo xohlasa, ertangi bahsga 100% tayyor bo'lamiz.

- Bizda jarohatlangan futbolchilar yo'qmi?

- Kichik jarohat olgan futbolchilar bor. Eng katta yo'qotish — bu diskvalifikaciyaga uchragan Muhammad Hakimov.

- Italiyani o'rganib chiqishga ulgurdingizmi?

- Italiyaning JCHdagi barcha o'yinlarini ko'rib chiqdik. Nafaqat Evropaning, balki mundialning eng kuchli jamoalaridan biri deb bemalol ayta olamiz. Shunga qaramasdan, jamoamizda xarakter bor. O'ylaymanki, ertaga futbolchilarimiz bor potensialini namoyish qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar