iks
ads

Igor Sergeev: "Eron? Ishonchim komil, yana jiddiy jang bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 17.11.2025 22:32
  • 315
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Al Ayn shahrida o'tkazilayotgan "Al Ayn Xalqaro Kubogi-2025" turniri haqida fikr bildirdi.

"Turnir haqida qisqa gapiradigan bo'lsam, 2ta o'yindan iborat bo'lgan musobaqa, lekin raqiblar kuchli. Shukur, Misrni mag'lub etdik. Endi yana Eron... Ishonchim komil, yana jiddiy jang bo'ladi. Kurashamiz, ularning kuchsiz tomonlarini izlaymiz. Bu bahs murabbiymizning Eronga qarshi ilk uchrashuvi. Mini turnirda g'alaba qozonish uchun borimizni beramiz.

Misrga qarshi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'limda tezkor gol urishga erishdik. Murabbiy ko'proq hujumni emas, himoyani kuchaytirgani normal holat. Chunki hisobni ushlashimiz, shoshmasligimiz kerak edi. Hammasi mantiqqa to'g'ri keladi, yigitlar ham buni tushunib turishgan edi.

JCH-2026 haqida o'ylayotganim yo'q, biroq bir tomondan jahon darajasidagi jamoalar bilan o'ynagim kelyapti, ammo boshqa tomondan guruhda raqiblar judayam kuchli bo'lishini xohlamayman. Ko'ramiz, qura qanday bo'lar ekan. Jismoniy jihatdan biz tayyor bo'lamiz, ruhiy tomon... Hammamiz borimizni berishga harakat qilamiz. Imkoniyat berishsa bor kuchimizni ishga solamiz" - dedi Sergeev.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar