iks
ads

Doston Hamdamov: "Hammasi o'zimizning qo'limizda, yaxshi tayyorgarlik ko'rsak Braziliya bilan ham o'ynay olamiz deb o'ylayman"

  • Mr.NoBoDy 17.11.2025 23:08
  • 345
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi Doston Hamdamov Misrga qarshi bo'lib o'tgan bahs va Eron bilan bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Misr bilan yaxshi o'yin o'tkazdik, kuchli jamoa ekan. Murabbiylarning ko'rsatmalari to'g'ri bo'lgani va biz ularni yaxshi bajarganimiz sabab g'alaba qozondik. Eronga qarshi bahs oldidan yigitlarning kayfiyati yaxshi".

- Futbolchining yoshi o'tgani sari va milliy jamoadan chaqiruv olmay qo'ysa uning jamoaga qaytish imkoniyatlari pasayib ketadi. Chaqiruvni qachon eshitdingiz?

- "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsdan so'ng aytishdi. Juda xursand bo'ldim. Imkoniyatim etgunicha milliy jamoaga yordam berishga harakat qilyapman.

- Misrga qarshi bahs ko'rsatdiki, O'zbekiston terma jamoasi xohlasa dunyoning yaxshi jamoalari bilan teng kurasha olar ekan...

- Hammasi o'zimizning qo'limizda, yaxshi tayyorgarlik ko'rsak Braziliya bilan ham o'ynay olamiz deb o'ylayman.

- Bir paytlar siz U17 mundialida ishtirok etgansiz. Bugun jahon chempionatida qatnashayotgan ukalaringiz ishtirokini qanday baholaysiz?

- Juda kuchli jamoa yig'ilgan. Xudo xohlasa Italiyani ham yutib, keyingi bosqichga yo'l olishadi deb o'ylayman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar