iks
ads

Jaloliddin Masharipov jarohatdan qutildimi?

  • Mr.NoBoDy 17.11.2025 23:40
  • 102
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi vakili Jaloliddin Masharipov hozirgi holati haqida batafsil malumot berdi.

"Ancha yaxshi holatdaman, og'riqlar yo'q. Umumiy guruh bilan mashg'uotlarni boshlaganman. Jismoniy holatimni tiklash jarayonidaman. Keyingi yig'inda ko'rishamiz deb umid qilaman. Mashg'ulotlarni boshlaganimdan so'ng hattoki o'zimizning shifokorlar ham bunchalik tez qaytganimdan hayron bo'lishdi. "Tez tiklanding, ko'rib xursand bo'ldik" deyishdi. Klubimiz shifokorlari nazoratidaman, Italiyada yashaydigan argentinalik mutaxassis va terma jamoamiz shifokori bilan suhbatlashib turibman. Klubim safida mashg'ulotlarni boshlab yuborganman.

Eronga qarshi o'yin? O'zbekistonga qarshi o'ynash eronliklarning joniga tegdi (kulib). Ikkala jamoa futbolchilari bir-birini juda yaxshi tanib olishgan va huddi do'stdek muloqot qilishmoqda. Bir inson bilan ko'p ko'rishaversangiz, shunday bo'ladi. Eronlik muxlislar ham "yana O'zbekistonmi?" deb hazillashishmoqda" - dedi Masharipov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar