
Kilian Mbappe bilan PSJ o'rtasidagi moliyaviy nizo davom etmoqda.
Forvard 2024 yilda shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida "Real"ga o'tgan edi.
Mbappe klubni ruhiy bosim o'tkazishda va 2023 yilda yangi shartnoma imzolashga majburlashda ayblagan. O'sha paytda u asosiy jamoadan vaqtincha chetlatilgan.
Bugungi sud majlisida futbolchining klubdan 240 million evro talab qilayotgani malum qilindi.
O'yinchining mehnat nizolari bo'yicha sudga taqdim etgan talablari quyidagi to'lovlarni o'z ichiga oladi:
— 12,6 mln evro (soliqdan oldin) — oldindan ogohlantirish puli;
— 25 mln evro (soliqdan oldin) — qonuniy kompensaciya;
— 3,6 mln evro — tatil puli;
— 1 mln evro — uch oylik tatil puli kechikishi uchun jarima;
— 44 mln evro — adolatsiz chetlatish uchun tovon;
— 17 mln evro — 2023 yil aprel–iyun oylari uchun maosh qarzi;
— 36,6 mln evro — imzolash bonusining uchdan bir qismi;
— 1 mln evro — etika bonusi;
— 37 mln evro — shartnomada ko'zda tutilmagan ish yuklamasi uchun;
— 37 mln evro — psixologik bosim uchun kompensaciya;
— 18 mln evro — mehnat shartnomasi buzilishi uchun;
— 18 mln evro — xavfsizlik qoidalari buzilishi uchun.
Mbappe advokati soliqdan oldingi 14,8 mln evro maoshni inobatga olishni so'ramoqda.
Shu bilan birga, PSJ advokati ham klub talablarini sanab o'tdi: parijliklar Mbappeden 180 million evro zararni qoplashni talab qilmoqda.