iks
ads

Rasmiy xabar: "Andijon" Maksim Shackix bilan xayrlashdi

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 18:08
  • 349
  • 30

Shu yilning 13 may sanasida "Andijon" bosh murabbiyi etib tayinlangan Maksim Shackixning shartnoma muddati joriy yilning 31 dekabr sanasigacha mo'ljallangan edi.

Ammo klub rahbariyati murabbiy bilan o'zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qildilar.

"Biz Maksim Aleksandrovichga jamoamizdagi 6 oylik faoliyati davomidagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shackix “Andijon” ustozi sifatida qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirish harakatida bo'ldi va klub rivoji yo'lida mehnatini ayamadi.

Shackix “Andijon” bosh murabbiyi sifatida barcha musobaqalarda jami 24 ta o'yin o'tkazildi. Shundan 5 g'alaba, 9 durang va 10 mag'lubiyat qayd etildi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 da uning boshchiligida qayd etilgan natijalar ham etiborga molik. Boisi, “Andijon” 4 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi, mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi.

Jamoamizni boshqarish vaqtinchalik Akmal Shorahmedov zimmasiga yuklatildi. Biz Shackixga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hammasi uchun rahmat, Maksim Aleksandrovich!", - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.


Ўхшаш янгиликлар