
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi J guruhida o‘ynaydi, unda Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari ham bor.
"Jazoir yaxshi futbolchilarga ega yaxshi jamoa. Avstriya saralash turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, shuning uchun ham biz uchun oson raqib bo‘lmaydi. Iordaniya bilan yaxshi tanish emasmiz, ammo ular jahon chempionatiga chiqqan bo‘lsa, buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Bunday turnirda oson o‘yinlar bo‘lmaydi", - dedi Skaloni.
Jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulga qadar davom etadi. Turnirda bir vaqtning o‘zida 48 ta terma jamoa o‘ynaydi.