iks
ads

Anchelotti JCH-2026 oldidan Neymarning Braziliya terma jamoasidagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 08:55
  • 36
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Sizni Neymar juda qiziqtirayotganini tushunaman. Vaziyatga oydinlik kiritmoqchiman. Hozir dekabr oyi, jahon chempionati esa iyun oyida boshlanadi. May oyida turnir uchun tarkibni e’lon qilaman va Neymar sog‘lom bo‘lsa, o‘zini boshqalardan yaxshiroq yoki boshqalar bilan teng ko‘rsatsa, jahon chempionatiga boradi. Nuqta", - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yaqinda "Santos"ning 33 yoshli futbolchisi Braziliya A Seriyasida "Juventuda"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar