iks
ads

Anchelotti Ronalduning JCH-2026da Xames bilan to‘qnashuviga izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 08:55
  • 69
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real"ning ikki sobiq yulduzi - Krishtianu Ronaldu va Xames Rodrigesning jahon chempionati - 2026 guruh bosqichi o‘yinida to‘qnash kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari K guruhidan joy oldi, u yerda O‘zbekiston terma jamoasi va pley-off g‘oliblaridan biri ham ishtirok etadi.

"Ronaldu va Xames qarama-qarshiligi? Ikkalasiga ham mehrim baland. Bu borada yana nima deyishni bilmayman. Men ularga va ularning jamoalariga eng yaxshi tilaklarni tilayman, ammo ular Braziliyadan ortda qolishsin", - dedi Anchelotti qur’a natijalariga izoh berar ekan.

Braziliyaliklar C guruhida o‘ynaydi - ularning raqiblari Marokash, Shotlandiya va Gaiti bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar