
“Uch ranglilar” Senegal, Norvegiya va qitalar o'rtasidagi pley-off g'olibi (Iroq/Boliviya/Surinam) bilan “I” guruhida to'qnash keladi.
"Bu kuchli va juda sifatli guruh. Oxirgi raqibni hali bilmaymiz, ammo Senegal va Norvegiyaning o'ziyoq guruhni eng qiyinlardan biriga aylantiryapti, agar eng qiyini bo'lmasa, albatta. Bu Jahon chempionati — biz nimani kutgan bo'lsak, shu bo'ldi. Bugun ayrim savollarga javob oldik: uchta raqibdan ikkitasini bildik, o'yin sanalarini ham, ammo o'yinlar qaysi shaharda o'tishi hali aniq emas, garchi qaysi hududda o'ynashimizni bilib turibmiz.
Quradan oldingi marosim? Bu Amerika uslubidagi tomosha bo'ldi — haqiqiy shou. Har bir mamlakatning o'z madaniyati bor. Biz moslashamiz, lekin kim raqib bo'lishini tushunish uchun biroz vaqt talab etildi (kuladi). Marosim ancha uzoq davom etdi", — deb yozadi RMC Sport Deshamning so'zlarini.