
Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham JCH-2026 guruh bosqichiga qur’a natijalariga munosabat bildirdi.
"Uchranglilar" Senegal, Norvegiya va 2 ta qit’alararo pley-off g‘olibi (Boliviya / Surinam / Iroq) ishtirok etadigan I guruhga yo‘l oldi.
"Bu kuchli, raqobatbardosh guruh. Uchinchi raqibni bilmaymiz, ammo Senegal va Norvegiya bilan I guruh eng murakkab bo‘lmasa ham, qiyin guruhlardan biri ekani aniq.
Bu jahon chempionati, biz nimani kutishni bilamiz. Bugun bizda ba’zi javoblar bor. Biz uchta raqibdan ikkitasini, o‘yinlar sanasini bilamiz, ammo o‘tkaziladigan joylar hali to‘liq ma’lum emas, garchi biz o‘ynaydigan mintaqani allaqachon bilamiz", dei Desham.