Vitaliy Levchenko: "Bugun to'p nazoratiga urg'u qaratdik"

  • Mr.NoBoDy 11.04.2025 21:32
  • 216
  • 30

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Neftchi" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yinni yaxshi boshladik va to'p nazoratiga katta urg'u qaratdik. Ikkita gol ham urdik, ammo taym oxirida biroz bo'shashdik va gol o'tkazib yubordik. Raqib xatolaridan unumli foydalanish haqida yigitlarga kiyinish xonasida aytdim. Ikkinchi bo'limga katta ishonch bilan chiqdik va g'alabaga munosib o'ynadik. Jamoamiz vakillari va muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugun "Neftchi"dan rotaciya kutgandik. Lekin bu sezilarli darajada amalga oshmadi ...

- Jamoamizdagi ko'p futbolchilar yangi, shu bois o'zaro tushunish yaxshilanishi uchun ko'proq birga o'ynash kerak. Bizda har bir futbolchi o'yinga tayyor bo'lishi kerak. Asosiy tarkib yoki zaxira tarkib sifatida hech kimni ajratmaymiz. Natija kerak, buning uchun kim loyiq bo'lsa, maydonga tushiramiz. Mashg'ulotlarda kuzatamiz, xulosalar shundan keladi.

- 15 aprel kuni "Navbahor" bilan o'ynaysizlar. Shu o'yinda tarkib qanday bo'ladi?

- Ushbu sanaga qadar hozircha vaqtimiz bor. Mashg'ulotlarda kim qanchalik tayyor ekanini ko'rib olamiz. Yakuniy xulosa eng oxirida bo'ladi. 

- Yovovich haqida fikringiz?

- O'tgan bahsda jarohat olgandi. Tavakkal qilishni istamadik va dam berdik. U bizga har doim kerak. Uning jarohati biz uchun yoqimli emas. Ko'ramiz, keyingi o'yinga qadar to'liq tiklanib ulgursa, maydonga qo'yamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar