
32 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasini uzaytirishi so'roq ostida qolmoqda. Amaldagi kelishuv mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Galatasaroy" qishki transferlar vaqtida Ryudigerni sotib olishga etibor qaratmoqda. Germaniyalik futbolchi klubni kuchaytirish uchun asosiy nomzod bo'lib, o'z tajribasi bilan murabbiy Okan Burukni qiziqtirib qo'ydi.
Takidlanishicha, Antonio takliflar uchun ochiq. Katta ehtimol bilan "Galatasaroy" avval u bilan muzokara o'tkazadi, keyin esa "Real"ga o'z taklifini taqdim etadi.