iks
ads

Tebas Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi: "Real" qiyinchiliklardan chiqishni biladi"

  • Mr.NoBoDy 13.12.2025 12:24
  • 616
  • 30

La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatlab chiqdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida ispaniyalik mutaxassis 16-tur doirasida yakshanba kuni, 14 dekabr sanasida bo'lib o'tadigan "Alaves"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchrasa, lavozimidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Bu filmni men avval ham ko'p bor ko'rganman. "Real" — qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladigan jamoa. Xabi Alonsoda madridlik DNKsi bor, shuning uchun men u, futbolchilar va klub oldinga intilishda davom etishiga ishonaman. Ular bolaligidan shu ruhda tarbiyalangan, Xabi esa buni ona suti bilan singdirgan.

Xabi Alonso uchun maslahatim — o'zi bo'lib qolsin. U raqobat darajasi juda yuqori bo'lgan Bundesligada muvaffaqiyatga erishgan murabbiy. Xabi oldinga qadam tashlash uchun etarlicha tayyor. Men uni ham, "Real"ni ham qo'llab-quvvatlayman, chunki bu klub har doim bunday vaziyatlardan kuchliroq holda chiqib kelgan", — dedi Tebas.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar