
Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli hujumchi hujum chizig'ini kuchaytirish va ehtimoliy tarzda Santyago Ximenes o'rnini bosish variantlarini ko'rib chiqayotgan "rossoneri"ga taklif qilingan. Ikardining o'zi ham so'nggi paytlarda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgani sababli Istanbul klubini tark etish ehtimolini istisno qilmayapti.
Argentinalik futbolchi "Galatasaray" safida 2023 yil iyul oyidan buyon to'p tepadi. U o'shanda PSJdan 10 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda Ikardi klub darajasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifi bo'ldi.