
"Dinamo" PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o'yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.
Jamoamizning etakchi yarimhimoyachilaridan biri Sanjar Qodirqulov bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan malum qilamiz. Sanjar mavsum davomida himoya hamda yarimhimoyadagi o'yinlari va muhim gollari bilan jamoamizning g'alabalariga katta hissa qo'shdi.
Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Qodirqulov o'z mahorati, tajribasi va mehnatkashligi bilan «Dinamo»ning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo'shadi", - deyiladi klub bayonotida.