iks
ads

Evra: "Amorim "Manchester Yunayted" uchun jonini berishga tayyor"

  • Mr.NoBoDy 11.12.2025 20:24
  • 197
  • 30

MYU sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimni qo'llab-quvvatladi.

Uning fikricha, 40 yoshli mutaxassis klub manfaatini o'zidan yuqori qo'yadi.

"Qiyin paytlarda ham men unga ishonaman. Hozir bu inson klub uchun jonini berishga tayyor. U haqiqatan ham klubni birinchi o'ringa qo'yadigan murabbiy. Ayrim avvalgi murabbiylar bilan solishtirganda u boshqacha. Balki unga yana futbolchilar kerak bo'lar", – dedi Evra.

Amorim 2024 yilning noyabridan beri MYUga boshchilik qilmoqda. 2025/26 yilgi mavsum jamoa uning qo'l ostida 15 o'yindan keyin 25 ochko to'plab, APL jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar