iks
ads

Joshua Kimmix: "Tig'iz taqvimdan nolishga bizning haqqimiz yo'q"

  • Mr.NoBoDy 11.12.2025 21:16
  • 100
  • 30

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix Germaniyadagi futbol taqvimi haqida gapirdi.

"Qishki tanaffus - nemis futbolidagi asosiy faktor. Ha, biz ko'p o'ynaymiz, menga o'ynash ko'proq yoqadi. Lekin tanaffusni ham kutamiz. Bu davrda dam olib, kuch to'plab olsa bo'ladi, shuningdek, yangi yilni oila bilan kutib olamiz.

Ko'pchilik taqvim tig'izligidan noliydi, biroq biz - nemislar bundan nolimasligimiz kerak. Albatta, hali oldinda ECHLning ikkita o'yini bor. Lekin so'nggi 10 yildan buyon bizda o'yinlar soni oshirilmayapti.

Bizning ligada 18tagina jamoa bor, ayrim mamlakatlarda kubok turnirlari ham ko'paytirilgan. Bu sababli Bundesliganing biror jamoasi o'yinlar sonidan nolishiga haqqi yo'q", - dedi Kimmix.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar