Superliga
5-tur
"Dinamo" – "So'g'diyona" 1:1 (LIVE)
Samarqand. "Dinamo" stadioni. 19:00
Gol: Ratino (Firdavs Abdurahmonov) 26' – Javohir Qahramonov 39'
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Shavkat Rahmatov
Zaxira hakami: To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Avaz Abdullaev
Komissar: Shohruh Said
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvarjon Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov, 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich.
Zaxira: 27.Eden Nemanov, 5.Duglas Maykon, 8.Sanjar Qodirqulov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 16.Richard Fraydey, 17.Salim Mustafoev, 24.Muhsin Bozorov, 55.Manuchehr Safarov,
"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev, 77.Luka Jorjevich, 99.Umidbek Sultonov.
Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 5.Behruz Jumatov, 6.Samandar Sindarov, 9.Samandar Mavlonqulov, 11.Sahob Rashidov, 17.Ehsoni Panshanbe, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 32.Nodirjon Soyibov, 34.Dilshodbek Misraliev.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus!
45+6. Zarba! Bu gal Marko Stanoevich uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi, ancha noaniq.
45+5. Zarbaaa! Hojimirzaevning pasidan keyin O'rmonjonov yaqin masofadan zarba yo'lladi, Sobirov zarbani bartaraf qildi!
45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
43. "So'g'diyona" vakilining ichkariga oshirib bergan to'pini Ravshanbek Yagudin mushti bilan urib uzoqlashtirdi.
39. GOL! Kucherenkoning xatosidan keyin to'p to'g'ri Javohir Qahramonovga etib keldi va u pastki burchakni nishonga olib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!
38. Lyupcho Doriev Andreevdan to'pni olgach xatoga yo'l qo'ydi va to'pni yo'qotdi.
35. "Dinamo" muxlislarining kayfiyati alo va jamoadan yana bitta gol so'rashmoqda.
32. Bosh hakam VAR monitoriga borib, vaziyatni o'rgandi va o'yinni davom ettirish kerak deb topdi.
29. Stanislav Andreevning zarbasidan so'ng to'p himoyachining qo'liga tegdi. Vaziyat o'rganib chiqilmoqda.
26. GOL! Haftaning navbatdagi super goli muallifi – Ratino! Braziliyalik xavbekning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib darvozadan joy oldi.
25. Uuuux! Yana o'sha Marko Stanoevichning zarbasi juda xavfli ko'rinish kasb etdi.
23. Zarba! Sultonovning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
22. Uuuux! Stanoevichning burchak zarbasidan bergan ketma-ket 2 ta zarbasini Sobirov bartaraf etdi! Qoyil, yosh posbonga!
21. Zarbaaa! Hojimirzaevning zarbasidan keyin to'p Qobilovga tegib maydonni tark etdi.
18. Kucherenko maydon markazida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
16. Zarbaaaa! Mirjahon Mirahmadovning aylanma zarbasidan so'ng Muhammadyusuf Sobirov katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi! Chiroyli seyv!
14. Uuux! Stanoevichning uzatmasidan so'ng Oybek O'rmonjonov bosh bilan zarba berdi, xavfli, ammo noaniq.
13. O'rmonjonov qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishlab oldi, Zoir Jo'raboev himoyada peshvoz chiqdi.
9. Zarbaaa! Marko Stanoevichning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
7. Bosh hakam o'yinni davom ettirish qaroriga keldi. Davom etamiz.
6. VAR o'sha vaziyat bo'yicha bosh hakamga aloqaga chiqdi. Doston Rahmonov vaziyat bilan tanishish uchun VAR monitori tomon yo'l oldi.
4. Hujumchi Umidbek Sultonov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushib, etiroz bildirdi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni lozim topdi.
1. Uchrashuvga start berildi!
- Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda.
- 19:14 da tez tibbiy yordam xizmati stadionga etib keldi.
- Tez yordam mashinasi vaqtida etib kelmagani bois uchrashuv boshlanishi kechikmoqda. Malumot uchun, agar tez yordam mashinasi o'yinga 30 daqiqa kech qolsa, mezbon klubga texnik mag'lubiyat yoziladi.
- Uchrashuv 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.