FIFA delegati Alisher Nikimbayev 2026 yilgi jahon chempionati tashkilotchilari turnir o‘yinlarini tomosha qilish uchun Fan ID'ni joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi.
Shunga o‘xshash tajriba 2018 yilda Rossiyada va 2022 yilda Qatarda qo‘llanilgan.
"Fan ID klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yo‘q edi, ammo uni terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga olib kelishlari mumkin. Buni Qatar va Rossiyada bo‘lgani kabi vizalar bilan bog‘lashlari mumkin," - deya Nikimbayevning so‘zlarini keltiradi Metaratings.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda birinchi marta bir vaqtning o‘zida uchta davlatda - AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ham 2025 yilda AQSHda bo‘lib o‘tdi.